“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –mening Konstitutsiyam”

 Sariosiyo tumani "Gulobod" mahallasi faollari va 80-maktab o'qituvchilari, o'quvchilari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida”gi qonun loyihasini mazmuni va mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti "Nazariy fizika" kafedrasi o'qituvchilari mahalla faollari va maktab o'qituvchilariga Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar, jumladan ta'lim sohasida  olib borilayotgan islohotlarning barchasi inson qadrini ulug'lashga va yuksalishiga xizmat qilishi, yoshlarning bilim olishiga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil