Referendum_2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi muhokamada

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi hamda Rangtasvir: dastgohli taʼlim yoʻnalishlari talabalari ham yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.  Tadbirda Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi oʻqituvchilari A.Bozorov, I.Mengnorov va yoʻnalish tyutorlari tomonidan talabalarga Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning chinakam erkin, farovon hayot tamoyillariga yoʻgʻrilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratib beruvchi huquqiy asosdir.

Tadbirda yoshlar faol ishtirok etib, “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostida oʻtkazilayotgan bugungi muhim targʻibot jarayonlarini oʻzida aks etgan fotolavhalarini ishtirokchilar e'tiboriga havola etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 38

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil