Termiz davlat universitetida universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda psixolog L.Karimova, Surxondaryo viloyati IIB HPB inspektori Sh.Ashurov, universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha Kengash raisasi D.Hamzayeva, universitet psixologi D.Murodullayeva, fakulteti tyutorlari hamda fakultet talaba qizlari ishtirok etdi.
.jpg)
Tadbirda gender tengligi, zo‘ravonlik, xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilayotgani, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad ayollar haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish ekanligi misollar yordamida tushuntirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!