“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsiyam”

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ko‘plab joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoda. Jumladan, Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida fakultet dekani X.To'rayev, universitet yuristi M.Po'latov tomonidan “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti haqida so'z yuritildi. Jumladan, konstitutsiyadagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpayganligi, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgarish kiritilganligi, Konstitutsiya matni 65 foizga yangilanganligi ta'kidlab o'tildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 38

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil