Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Termiz davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev ham ishtirok etdi. Shu bilan birgalikda Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumida Termiz davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev oʻz maʻruzasi bilan ishtirok etdi.
Forum davomida Termiz davlat universiteti va Tojikiston Respublikasining 5 ta oliy taʻlim muassalari bilan shartnoma imzolandi.
Maʻlumot oʻrnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy oʻquv yurtida taʻlim tojik tilida olib boriladigan maktab, litsey va oliy oʻquv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!