Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Karayeva Yulduz Xushbakovnani Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘smirlarda egoizm namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Karayeva Yulduz Xushbakovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!