Bugun Termiz davlat universitetida “Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi bu - mening Konstitutsiyam” nomli tadbir tashkil etildi.
Unda viloyatimiz ta'lim muassasalari yoshlari, Termiz davlat universitetining professor-o'qituvchilari va 5000 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda turli soha vakillari so‘zga chiqishib, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va referendumning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.
Poytaxtdan kelgan san'atkorlar tadbirga yanada xush kayfiyat baxsh etdi.
Bizni kuzatishda davom eting!