O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi hamda UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “ImkonLab” ijtimoiy tadbirkorlik laboratoriyasi loyihasi doirasida Termiz shahrining 50 ga yaqin yoshlar 4-kun davomida trening dasturida qatnashdi. Ular muammoni aniqlash, kreativ yechim ishlab chiqish va taqdimot qilish usullari kabi mavzularda UNICEFning malakali trenerlaridan bilim olishdi.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 10 ta jamoa o‘zining taqdimotlari va prototiplari bilan qatnashadi, hakamlar hay’ati UNICEFning yoshlar va innovatsiyalar mutaxassisi Hyeri Hyun, Termiz shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi vakillari tomonidan mazkur loyihalar baholandi.
Bizni kuzatishda davom eting!