Joriy yilning 18-mart kuni "Navroʻz" bayrami munosabati bilan Termiz tumani "Otchopar" majmuasida ayollar va erkaklar o'rtasida kurash milliy sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Unda Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, qizlar o'rtasida:
1-o'rin Qahorova Komila +63kg va Amirova Shoxista +87kg vaznda;
2-o'rin Abduvohidova Xurshida +63kg vaznda;
3-o'rin Odilova Zarnigor +63kg vaznda egalladi.
O'g'il bolalar o'rtasida esa:
Yo'ldoshev Jamshid +66kg va To'raboyev O'tkir +100kg vaznda 2-o'rinni hamda Yo'ldoshboboyev Jasur va Jo'rayev Abdulaziz +81kg vaznda 3-o'rinni egallashdi.
Chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zlarini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting!