Umumxalq bayrami hisoblangan Navro‘z - milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir. Ushbu kun azal-azaldan insonlar qalbiga shodu-xurramlik olib kelishi bilan birga, yaratuvchanlik zavqi va shijoatini uyg‘otib, barchani yangi-yangi zafarlarga chorlab kelgan.
Navro‘z yosharish va yangilanish bayrami hisoblanadi. Ushbu qutlug‘ kunda doshqozonlarda sumalak, dasturxonga milliy taomlar tortiladi.
Termiz davlat universitetida ham ushbu bayram dasturi hamda "Rektor kubogi" musobaqa va tanlovlarning yakuni ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Navro‘z ruhi aks ettirilgan badiiy chiqishlar, "Sumalak party","Milliy liboslar podyumi" va talabalar tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar shodiyonaga aylanib ketdi.
Saylda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, universitet rahbariyati va professor ustozlar barcha talaba-yoshlar bayram bilan muborakbod etishdi.