Uchrashuvda fakultet dekani prof. X.Turayev talabalar uchun tashkil etilgan moddiy-texnika bazasi, ta’lim jarayonlari, xususan fakultetda tashkil etilgan kimyo va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha darslar o‘tilishi va talabalar ishtiroki, kiyinish tartibi, odob-ahloq masalalari, o‘tkazilayotgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Darslarning samaradorligi oshirish, talabalarning qo‘shimcha darslarga va to‘garaklarga faol ishtirok etishi yuzasidan ota-onalarning taklifi tinglandi.
Uchrashuv taklif va savol-javoblarga boy bo'ldi.