Navro‘z o‘zbek xalqining milliy bayramlaridan biridir. Har yili Navro‘zni xalqimiz o‘zgacha kayfiyat bilan kutib oladi.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti fakultetlarida ham an'anaviy bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
Jumladan, Tabiiy fanlar fakultetida “Assalom, Navro‘z! ” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda universitet prorektorlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar-yoshlar ishtirok etishdi.
Bayram saylida doshqozonda sumalak qaynatildi va dasturxon bezatilib, mehmonlarga osh tarqatildi.
Shuningdek talabalar tomonidan tayyorlagan turli xil chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va o‘yinlar yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.