Xush kelding Navro’z!

Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakultetida “Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan “Xush kelding Navro’z!” nomli “Sumalak sayli” bo’lib o’tdi.    

Unda qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish “Navro‘z” bayramining tarixi, uning qadimdan nishonlanib kelishi va milliy urf-odatlar, an’analar bebaho ne’mat ekanligini, ularning yoshlar tarbiyasidagi roli kattaligi haqida so’z yuritildi.

“Sumalak sayli”da bayram dasturxoni yozilib, talabalar o‘zlari tayyorlagan turli xildagi milliy taomlarimiz somsalar, ko‘k somsa, halim, chalpak va pishiriqlar bilan bayram dasturxonini bezatishdi. 

Talabalar ijrosidagi laparlar, kuy-qo‘shiqlar, topishmoqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil