8-mart – goʻzallik va nafosat bayrami Termiz davlat universitetida ham keng nishonlanmoqda.
Termiz shahridagi "Muhtasham saroy" tantanalar saroyida "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan universitetning barcha ayol professor-oʻqituvchilari, xodimlari uchun bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirni universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor To‘rayev Rasul Nortojiyevich ochib berib, universitet rektori Maraximov Avazjon Raximovichning bayram tabrigini o'qib eshittirdi va universitetning barcha ayol professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlarini qizg'in muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!