"XAVFSIZ HAYOT UCHUN"

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari va volontyor talabalari shahrimiz bo'ylab o'tkazilgan  "XAVFSIZ HAYOT UCHUN" yugurish marafonida qatnashishdi.

Unda sportning uzoq masofaga yugurish turi bo'yicha Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalari:
1-o'rin Soatov Muhammadqodir;
2-o'rin Fayzullayev Otabek;
3-o'rin Alinazarov Aliakbar egalladi.

Shu bilan birga O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati  kengashi tomonidan tashkillashtirilgan "YANGI O'ZBEKISTONDA YANGICHA NAVRO'Z" tadbiri doirasida bo'lib o'tgan hashar, "sumalak party"da munosib tarzda ishtirok etishdi.

Kunning asosiy  kechasida TerDU shijoatkor va san'atkor talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar, bir-biridan qiziqarli o'yinlar  Yoshlar markazida yig'ilgan barcha mehmonlarning olqishiga sazovor bo'ldi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil