Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetida 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi mazmun mohiyatini talabalarga yetkazish hamda dasturga oid takflif va tavsiyalarini olish hamda siyosiy bilimlarini kengaytirish maqsadida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O.Shofiyev va “Milliy tiklanish demokratik partiyasi”ning Surxondaryo viloyat raisi S.Abduraimov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
.jpg)
Uchrashuv davomida davlat dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi va mavzuga oid savollarga javob berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!