Boysun tumanidagi “Poygaboshi” MFYda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlari oʼrganildi

Respublikamiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat bo‘lim boshlig‘i A.Pardayev, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Boysun tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ch.Abdunazarov boshchiligida ishchi guruhi aʼzolari Boysun tumanidagi “Poygaboshi” MFYda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlarini oʼrganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish boʼyicha zarur chora-tadbirlarni koʼrdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil