Respublikamiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat bo‘lim boshlig‘i A.Pardayev, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Boysun tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ch.Abdunazarov boshchiligida ishchi guruhi aʼzolari Boysun tumanidagi “Sho'rsoy” MFYda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlarini oʼrganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish boʼyicha zarur chora-tadbirlarni koʼrdilar.