Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarining ijara xonadonlari o‘rganilmoqda.
Talabalarga ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi va har oyning 7 sanasigacha arizalar qabul qilish belgilangan bo’lib talabalarning yashah sharoiti ko’zdan kechirilmoqda.
Tashriflar asnosida ijara xonadonlardagi shart-sharoitlari ko‘zdan kechirilib, talabalarga is gazi, undan qanday saqlanish va bu borada qanday ehtiyot choralari ko‘rishlari lozimligi, ijara shartnomasining afzalliklari xususida tushunchalar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!