Termiz davlat universiteti talabalarini ma’naviyatini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish, millatimiz tarixini chuqur anglatish maqsadida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida Sh.Pardayevning "To‘maris" asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning premyerasi namoyish etildi.
Unda TerDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, tyutor va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Spektaklda massagetlar qabilasining malikasi To‘marisning sharafli hayot yo‘li hamda Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda aks ettirilgan bo'lib, asardagi barcha obrazlar iste'dodli aktyorlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, yurt ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashlar, bundan tashqari sahnadagi har bir dekoratsiya, davr ruhini beruvchi musiqiy fonlar tomoshabinlarda o‘zgacha taasurot qoldirdi.
Tomoshabinlar spektaklni maroq bilan kuzatishdi va yakunida o‘z rollarini mahorat bilan ijro etgan aktiyorlarni olqishladi.