Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida Surxondaryo viloyat sudi raisi A.Ruziqulov ishtirokida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Inson huquqlari” haftaligida barcha hududlarda mazkur tadbir o‘tkazib kelinayotganligi bildirib, talabalarga inson huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi, ayniqsa yoshlarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, inson huquqlari sohasidagi ta’limning asosiy tamoyillari va uslublarini o‘zlashtirish, ilmiy-tadqiqot va o‘quv jarayonini takomillashtirish kabi vazifalar Prezidentimizning 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarorida belgilab berilganligini ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.