Joriy yilning 27-yanvar 7-fevral kunlari Indoneziya davlatining Jakarta shahrida ayollar o‘rtasida quroldan o'q otish bo'yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining 3-kurs talabasi Saidqulova Nigina umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo’lga kiritdi.
Chempionimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting!