Unda fakultet dekani H.To‘rayev, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarni universitetda talabalar uchun yaratilgan shart–sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida universitet hayotiga oid videorolik taqdim etildi, shuningdek, ichki tartib-qoidalar hamda kimyo fakultetida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, iqtidorli talabalar tomonidan she’rlar, raqs va qiziqarli tajribalar namoyish etildi.
Yakunida 1-kursda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalari faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!