Zahiriddin Muhammad Bobur jahon adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Bugun Termiz davlat universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan "Shoh va shoir" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan shoirning g'azallari, ruboiylari va go'zal kuy-qo'shiqlari mahorat bilan ijro etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!