Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish nafaqat cheklangan energiya resurslarini tejash balki, iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlashga ham o‘z xissasini qo‘shmay qolmaydi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov tomonidan kuni kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy taʼlim muassasalariga muqobil energetikasiga oʻtkazish masalasi muhokama qilingandi va rektorlarga universitet hamda institutlarning oʻquv va talabalar turar joylari binolarini toʻliq quyosh energiyasi panellari bilan jihozlash topshiriqlar berilgan edi.
Shu maqsadda bugun Termiz davlat universitetiga Toshkent davlat texnika universiteti qayta tiklanuvchi energiyasidan foylanish bo‘yicha mutaxassis B.Normurodov va oliygohning Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Abdug‘aniyev va boshqalar bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda quyosh panellaridan foydalanishning samarali tomonlari, ularni moliyalashtirish va o‘rnatish bo‘yicha kerakli tushunchalar berib o‘tildi.
Yakunida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilandi va tegishli tavsiyalar berildi.