Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilingan boʻlib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning koʻplab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar tashabbusi bilan olima ayollar va stipendiant talaba qizlari hamda talaba qizlar o‘rtasida "Olima ayollar - jamiyat ko‘zgusi" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, olima ayol hamda professor-oʻqitivchilar oʻzlarining hayot yoʻlini, rishgan yutuqlari va olib borayotgan faoliyati haqida aytib oʻtishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!