Munosiblar taqdirlandi

So‘nggi yillarda respublikamizda iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiada, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Termiz davlat universitetida ham iqtidorli yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun universitetda 2022-2023 o‘quv yilida respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalrni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2022-2023-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari g‘oliblari, "Shukur Xolmirzayev"  stipendiyasi  sohiblari, "Yil talabasi-2022" tanlovi g'olib va sovrindorlari,   2023-yil 30-yanvar kuni Yashnabod innovasion texnoparkining "Biznes inkubator" dasturi yakunlari bo‘yicha o‘tkkazilgan tanlov  g‘oliblari bo'lgan jami 100 nafarga yaqin talabalari taqdirlanishdi.

Iqtidorli yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash uchun tashkillashtirilayotgan ushbu tadbirlar ularning ilmiy-ma'rifiy sohalardagi faoliyatlarini oshirishga  xizmat qilib,  kelajakda yanada yuqori marralarni egallashga undaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 42

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 54

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 42

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil