Termiz davlat universitetida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi

Keksalarini qadrlash xalqimizga xos va mos fazilat bo‘lib, unga  barchamiz amal qilsak, ularni qanchalik qadrlab, e’zozlasak hayotimiz shunchalik farovon va kelajagimiz porloq bo‘ladi.

Aytilganidek, “Har keksadan bir naql” eshitsak va buni hayotda qo‘llay olsak turmushimiz obod, hayotimiz osuda kechadi.

Bugun Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan "Uch avlod uchrashuvi" ham keksa avlod vakillarini qadrlashga, ulardan ko‘proq hayot saboqlarini o‘rganishga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Mehmonlar Termiz davlat universitetida joylashgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi faoliyati bilan tanishar ekan tarixiy davrlarni yodga olishdi. Axborot texnologiya fakultetida yosh avlod vakillari bilan uchrashishdi.

Turli sohada faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, fan arboblari, professor-o'qituvchilar bilan uchrashgan talabalar ularning hayot yo‘lini va aytgan pand-nasihatlarini jon quloqlari bilan tinglashdi.

Bunday hurmat-e’tibordan mamnun bo‘lgan keksa avlod vakillari yoshlarning kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilashdi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini tilab duoga qo‘l ochishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 42

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 54

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 42

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil