O‘zgalarga mehr ulashish ularga yordam qo‘lini cho‘zish insoniyatning eng ulug‘ fazilatlaridan biri.
Bugun Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti volontiyor talabalari va faol yoshlari bilan birgalikda Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markaziga davolanayotgan bolajonlar holidan xabar olish hamda ularni ko‘nglini shod qilish maqsadida ajoyib tadbir tashkil etishdi.
Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlarda bolajonlar miriqib raqsga tushishdi va ulashilgan sovg‘alardan xursand bo‘lishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!