Odatdagidek dastlab, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga falsafa va fan doktori (PhD va DcS) diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so’ng, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi "Davlatdagi oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash" bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar"gi PQ-60-son va "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbitlari to'g'risida"gi PQ-61-qarorlarida belgilangan vazifalarini universitetda bajarilishi, shuningdek oliygohda o'tkazilgan attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi yakunlari va ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yo'l xaritasi ijrosi, professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, turli ma'naviy buzg'unchilik va vayronalik harakatlari hamda hurjlarini oldini olish yuzasidan chora-tadbir belgilash bilan birgalikda turli xil masalalar ko'rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilarini dotsent va professorlik ilmiy unvonlariga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olinib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.