Alisher Navoiy - shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlangan "Alisher Navoiy ijodi-ma'naviyat bulog'i" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor M. Mirzayev, navoiyshunos olim Sh. Yoqubov, professor-o'quvchilar, tyutor va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda faol talabalar tomonidan ijro etilgan A.Navoiy ijodidagi g'azallar, ajoyib sahna ko'rinishlari hamda kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 43

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 58

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 43

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil