Xabaringiz bor, joriy yilning 28-30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida dzyudo sport turi bo‘yicha “Universiada-2022” musobaqasining Respublika final bosqichida Surxondaryo viloyati jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallagan edi.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida “Universiada-2022” musobaqasining Respublika final bosqichida faol ishtirok etgan talabalarimizni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Sport faoliyati dekani hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etib chempionlarini samimiy tabriklab, ularga kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tiladi va esdalik sovg‘alar ulashdi.