Termiz davlat universitetida Yevrokomissiya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2023-yil 26-yanvar kuni Termiz davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrean va ittifoqning hamkorlik bo'limi boshlig'i Wim Riepma boshchiligidagi deligatsiya tashrif buyurdi.
Ushbu uchrashuvda Termiz davlat universitetidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Mohirux Xoshimxo‘jayeva, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Obid Shofiyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Abdulla Xudoyqulov  hamda Xalaqaro hamkolik bo'limi boshlig'i Umidjon Eshmuratov boshchilik qildilar. Shuningdek uchrashuvda TerDU Erasmus guruhi a’zolari ham ishtirok etishdi. 
Uchrashuvda Termiz davlat universitetida olib borilayotgan Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarning hisobotlari hamda jarayonlari hozirgi kundagi global muammolarning yechimlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Mohirux Xoshimxo‘jayeva loyihalarni prezentatsiya qilar ekan, universitetning kelgusi loyihalari rivoji haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 43

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 58

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 43

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil