"O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirda" mavzusida seminar tashkil etildi.

Maʼlumki, 2022-yil 28-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining 798-sonli Qonuni bilan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan mehnat qonunchiligiga kiritilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni barcha ishchi-xodimlarga yetkazish maqsadida universitet yuristi M.Po'latov tomonidan targ'ibot soatlari o'tkazilmoqda. 
Shunday seminarlardan biri bugun Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litseyida bo'lib o'tdi. Seminarda dastlab mehnat qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklar haqida ma'lumotlar berildi. So'ngra ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ma'lumot uchun, yangi tahrirdagi mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo'lim, 34 bob, 581 moddadan iborat bo'lib, 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 43

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 58

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 43

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil