Termiz davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Askarov Abror Davlatmirzayevichni Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq yetish markazi huzuridagi DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengashda 13.00.07-Ta’limda menejment (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentini integratsiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Askarov Abror Davlatmirzayevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz!
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!