Unda TerDU rektori, professor Avazjon Maraximov o‘zining samimiy tabrik so‘zlari bilan uchrashuvni ochib berdi, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar, mamlakatimizning taniqli olimlari, universitet professor – o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda ustozning yaqinlari va shogirdlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar va shogirdlari ustozning ilmiy faoliyati, ilm yo‘lida qo‘shib kelayotgan hissasi haqida gapirib, umr yo‘llariga mustahkam sog‘lik, oilasiga tinchlik, faoliyatiga esa ulkan zafarlar tilashdi.
Normurodov Chori Begaliyevich 1953 - yil 4 - yanvar kuni Jarqo‘rg‘on tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1971-76 yillarda Samarqand davlat universitetiga Amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan. 1976-77 yillarda Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika fakulteti Matematik mantiq va dasturlash kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 1981-84 yillarda Rossiya fanlari akademiyasi Sibir bo‘limi Nazariy va amaliy mexanika institutida akademik Nikolay Nikolayevich Yanenko ilmiy rahbarligida aspiranturada o‘qigan. 1984-1992 yillarda Samarqand davlat universiteti dotsenti vazifasida faoliyat yuritgan. Olimning ijodi nihoyatda serqirra.
Talabalarning sevimli ustoziga aylangan Normurodov Chori Begaliyevich 1992--yildan buyon Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu kungacha Ch.Normurodov hisoblash matematikasi, sonli usullar, matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashga oid 250 dan ortiq ilmiy-ommabop ishlar muallifi. 45 dan ziyod darsliklar, monografiyalar, avtoreferatlarga taqrizchi sifatida qatnashgan. Bundan tashqari ustoz “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni sohibidir.