Termiz davlat universitetining O‘quv boshqarma, Maʼnaviyat bo‘limi, ATM, Ichki nazorat va Yurist konsult bo‘limlari masʼul xodimlari tomonidan oliygohning fakultetlari professor-o‘qituvchilari uchun seminar dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Ushbu seminar darslarning tashkil etilishidan asosiy maqsad shundaki, universitetda kuzgi semestr tugab bahorgi semestr boshlanishi arafasida amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, dars mashg‘ulotlarini olib borish tartibi, o‘quv jarayonini tashkil etish, huquqiy va meʼyoriy hujjatlar, shuningdek HEMIS platformasi bilan ishlash kabi masalalar tahlil qilindi.
Yakunda tegishli xulosalar chiqarilib, kerakli rejalar va vazifalar belgilab olindi.