Termiz davlat universiteti Amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi Mengliyev Islom Abdumuratovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi ibo‘yicha “Talabalarning fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi (tabiiy fanlar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Mengliyev Islom Abdumuratovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!