Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi o‘qituvchisi Jumayeva Gulnara Tursunpulatovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Jumayeva Gulnara Tursunpulatovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!