Termiz davlat universiteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Djabbarova Shoira Baltayevnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (o‘zbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Djabbarova Shoira Baltayevnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!