Termiz davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi Muxtarova Lobar Abdimannabovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Muxtarova Lobar Abdimannabovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!