Termiz davlat universiteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri, mustaqil izlanuvchi Turayev Xumoyiddin Abdug‘afforovichni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy Kengashda 13.00.02 –Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha "Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish" mavzusida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Turayev Xumoyiddin Abdug'afforovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!