Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasida “Psixologiya (harbiy psixologiya)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ofitser kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, unda tahsil olish uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining “psixologiya va pedagogika” yoʻnalishi boʻyicha ikkinchi bosqichni tamomlagan, oʻqish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarni koʻrsatgan va kelgusida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan talabalar orasidan Mudofaa vazirligi komissiyalari tomonidan saralab olish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur topshiriq yuzasidan joriy yilning dekabr, kelgusi yilning yanvar-fevral oylarida Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan oliy taʼlim muassasasidagi“Psixologiya” taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalari bilan harbiy-professional yoʻnaltirish va dastlabki saralab olish ishlarini olib borish haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Yakunida ishtrokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.