Yangi yil barcha orziqib kutadigan bayramlardan biri. Hamma ushbu bayramni o‘zgacha zavq hamda o‘zgacha kayfiyatda nishonlaydi.
Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida ham bugun “Yangi umid, yangi orzular ayyomi!” shiori ostida kecha tashkil qilindi.
Kechada talabalar tomonidan ijro etilgan, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Yakunda ishtirok etganlar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.