Termiz ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolanayotgan bolalar uchun yangi yil kechasi tashkil etildi.

Yangi yil bolajonlarning eng orziqib kutadigan va eng sevimli bayramrami. Negaki unda turli xil ertak qahramonlari ishtirokida ajoyib shodiyona bo‘ladi.

Bugun Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov va O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talaba –yoshlari bilan birgalikda bilan birgalikda Termiz ftiziatriya va pulmonologiya markaziga tashrif buyurishdi va yerda davolanayotgan bolalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qorbobo, qor qiz va turli xil ertak qahramonlari ishtirokidagi ajoyib shodiyona bo'ldi hamda bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

Bundan quvongan bolajonlar hamda ularning yaqinlari ushbu tashrifdan xursandligini aytib o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 44

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 58

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 43

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil