Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti, Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Namazov Gafur Shokulovichni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.06 – "Ekonometrika va statistika" ixtisosligidan "Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ekonometrik modellashtirish va intellektual prognozlash (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Gafur Shokulovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!