Termiz davlat universiteti yangi yil kirib kelishi munosabati bilan Ijtimoiy fanlar fakultetida "Yana kulib keldi yangi yil" nomli tadbir tashkil etildi.
Unda fakultetning iqtidorli talabalari “Yangi yil” haqida ijro etgan go‘zal kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar hamda ajoyib sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Termiz davlat universitetida “Yangi yil” shodiyonalari davom etmoqda.