Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi tadqiqotchisi To'rayev Quvonchbek Tegirovichni Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2021.Gr 02.07 raqamli Ilmiy Kengashda 11.00.02 –Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha "O'zbekistonda diniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-geografik asoslari" mavzusida geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz.

Universitet jamoasi nomidan Quvonchbek Tegirovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.