Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Jumayev Farrux Toshmuratovichni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqada sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Jumayev Farrux Toshmuratovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!