Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot va turizm fakultetida “Xalqaro mexmonxona zanjiri tizimi va tamoillari “Rekartz Hotel Group” mehmonxonasi misolida” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda “Rekartz Hotel Group” mehmonxonasi o‘quv bo‘limi xodimasi, “Rekartz Surxon” mehmonxonasining menejeri A.Nosova, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mehmonxona xizmatlari, ularda yaratilgan shart-sharoitlar tartibi hamda dunyo talabiga mos keladigan mehmonxonalar haqida qiziqarli ma’lumot berdi.
Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.